Leluar Luis Federiko
Leluar Luis Federiko (1906.6.11 — Parij—1987.2.12) — argentinalik biokimyogar. Buenos-Ayres universitetini tugatgan (1932), Kembrij (1935-36) va Sent Luis (AQSh) universitetlarida ishlagan. Biokimyo tadqiqotlari instituti rektori (1947 yildan), Buenos-Ayres universiteti professor (1962 yildan). Asosiy tadqiqotlari uglevodlar biokimyosiga oid. Birinchi qand nukleotidi — uridin-difosfat-glyukozani (1951), purin va pirimidin hosilalariga taalluqli juda ko’p nukleotiddifosfat qandlarni (NDF-qandlar) kashf qilgan (1950-60). Shu kashfiyotlarga asoslanib ko’pgina uglevodlar, jumladan, glikogen (1959) va kraxmal (1960) biosintezi mexanizmini tushuntirib bergan. Nobel mukofoti laureati (1970).