Leybnis (Leibniz) Gotfrid Vilgelm

Leybnis (Leibniz) Gotfrid Vilgelm (1646.1.7, Leypsig — 1716.14.11, Gannover) — nemis faylasufi, fizik, matematik, tarixchi. Berlin Fanlar Akademiyasining asoschisi va prezidenti (1700). 1676 yildan Gannover gersoglari xizmatida. Petr I iltimosiga ko’ra, Rossiyada maorif va davlatni boshqarishni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqqan. Leybnis fikricha, Real dunyo o’zaro bo’linmas ruhiy substantsiya — monadalardan iborat. Monadalar barcha narsalarning, hayotning asosini tashkil qiladi. Tabiat quyi darajadagi, inson esa oliy darajadagi monadalardan tashkil topgan. Bilish nazariyasida ratsionalizm mavqeida turgan. Lokk sensualizmiga qarshi chiqqan. Umumiy, zaruriy bilimning asosi faqat aql bo’lishi mumkin deb hisoblagan. Fizikada fazo va vaqt harakatning nisbiyligi to’g’risidagi, mantiqda analiz va sintez to’g’risidagi ta’limotni rivojlantirdi, yetarli asos qonuniii birinchi bo’lib izohlab berdi. U matematik mantiq asoschilaridan biridir. Leybnis differentsial hisob va integral hisobni kashf qildi, katta sonlarni hisoblash mashinasini yaratdi. Tilshunoslikda tillarning paydo bo’lish tarixini, genealogik tasnifini yaratdi, nomlarning kelib chiqishi haqidagi ta’limotni rivojlantirdi. Siyosat va huquq sohasida tabiiy huquq kontsepsiyasi va ijtimoiy kelishuv haqidagi ta’limotni himoya qilgan. U optik asboblar va gidravlik mashinalar loyihasini yaratgan. 1926 yildan Berlinda Leybnis jamiyati mavjud.