Leytsin
Leytsin (leyko…), aminoizokapron kislota, — monoaminomonokarbon aminokislota; rangsiz kristall modda. Molekulyar modda 131,18, suyuqlanish temperaturasi 293-295° (parchalanish bilan), sovuq suvda yomon eriydi, 1820 yilda frantsuz olimi A.Brakonno muskul to’qimasidan olgan. Hayvon va o’simlik organizmidagi oqsillar tarkibiga kiradi. Odam va hayvon organizmida sintezlanmagani sababli almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalardan biri hisoblanadi. Ovqatda Leytsin bo’lmasa, azot balansi buziladi va yosh bolalar o’smay qoladi. Jigar kasalliklari, anemiya, ba’zi psixik kasalliklarni davolashda boshqa aminokislotalar bilan birga ishlatiladi.