Livon urushi

Livon urushi (1558-83) — Rossiyaning Boltiq dengiziga chiqish uchun Livon ordeni, Shvetsiya, Polsha va Buyuk Litva knyazligi (1569 yildan — Rech Pospolita)ga qarshi urushi. Livon urushi 3 bosqichda bo’lgan: 1-bosqich (1561 yilgacha) — Livon ordenining tor-mor etilishi bilan tugagan; 2-bosqich (1578 yilgacha) — rus qo’shinlari vaqt-vaqti bilan muvaffaqiyatli janglar olib borganlar va 1577 yil yozida Boltiq bo’yidagi bir qancha qal’alarni egallaganlar; 3-bosqich (1579 yildan) — rus qo’shinlari Stefan Batoriyning armiyasi va shved qo’shinlariga qarshi mudofaa janglari (Pskov mudofaasi, 1581-82 va boshqalar) olib borganlar. Rossiya uchun noqulay bo’lgan yam-Zapolskiy (1582) va plyussa bitimlari (1583)ni imzolash bilan tugagan.