Litografiya
Litografiya (lito… va …grafin) — bosma qolip tayyorlash uchun ohaktosh (litografik tosh), rux yoki alyuminiy varaqasidan foidalaniladigan tekis bosma usuli; shu usulda rassomlar tomonidan yaratiladigan grafika asarlari ham Litografiya deb ataladi. Bunda yozuv yoki tasvir tosh sirtiga relefsiz, Litografiya tushi yoki qalami bilan tushiriladi. Tasvirning oraliq (probel) elementlariga azot kislota (toshda) yoki fosfor kislota (metallda) eritmasi hamda kolloid bilan ishlov beriladi, natijada bular bo’yoq olmaydi. Bo’yoq bilan qoplangan tasvir bevosita qog’ozga ko’chiriladi. Litografiyani 1798 yilda Germaniyalik A. Zenefelder kashf qilgan. Shundan so’ng 1806 yilda Myunxenda, 1816 yilda Parijda, 1822 yilda Londonda dastlabki Litografiya ustaxonalari tashkil qilingan. 20-asrning 30-yillaridan boshlab Litografiya o’rnini ofset bosma egallay boshladi.