Odilov Sobir Rahimovich
Odilov Sobir Rahimovich (1932.1.3, — Toshkent — 2002.18.7) — me’mor, Odilov o’zbek me’morligi va monumental san’atini rivojlantirishga katta hissa qo’shgan. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Binokor (1967). O’rta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1955). Olmaliq shahri (1955-61) va Toshkent viloyati (1962-66) bosh me’mori, Toshkent shahri bosh me’mori (1970-84, 1990-91), «O’zbekdavlatqurilish» qo’mitasi raisi o’rinbosari (1975-85; 1990 -91). O’zbekiston madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash ilmiy tadqiqot va loyihalash institutida bo’lim mudiri (1986), direktori (1989). Toshkent shahri bosh plani va Andijon, Jizzax markaz loyihalari (1970, 1980) muallifi. Odilov rahbarligida 80 dan ortiq loyiha (maydon, turar joy, haykal va boshqalar) yaratilgan.