Ovoza, ovoz
Ovoza, ovoz — o’n ikki maqom tizimidagi pardalar tuzilmasi. Ovozalar 6 ta bo’lib, Navro’z, Salmak, Gardoniya, Guvasht, Moya va Shahnoz deb nomlangan. Ovozalarning ko’plari maqomlar bosh pardasiga nisbatan kvarta, kvinta baland pardalardan boshlanib, musiqa asarlarida og’ishma natijasida yuzaga keladigan yangi ladtonalliklar o’rnini egallagan. Ovozalar Shashmaqomning shakllanishiga ham ta’sir ko’rsatgan va ularning ba’zilari, keyinchalik maqom sho’balari tarkibiga kiritilgan.