Oqsho’laq

Oqsho’laq — Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot tumanidagi shaharcha (1992 yildan). Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Qirqqiz. Aholisi 1 ming kishi (2000). Oqsho’laqda umumiy ta’lim maktabi, kutubxona, klub, dorixona, tibbiy davolash muassasalari, savdo, madaniy, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor.