Oqar ko’l
Oqar ko’l — bir yoki undan ortiq soy (Daryo) quyilib, suv oqib chiqib ketadigan ko’l. Masalan, Tojikistondagi Iskandarko’lga Hisor tog’laridagi muzliklardan bir necha soy va daryolar oqib tushadi va undan birgina Iskandardaryo oqib chiqadi. Ko’pgina ko’llar Oqar ko’llardir (Baykal, Ladoga, Onega, Eri, Sarez, Sari-chelak, Ko’kko’l va boshqalar). Oqar ko’llarning suvi, odatda, chuchuk bo’ladi.