Oqjar
Oqjar — muste davriga oid manzilgoh. Tojikistondagi Qo’rg’ontepa shahridan 22 kilometr Janubi-g’arbda joylashgan. Oqjardan qirg’ich, sixcha, nukleuslar va boshqa tosh qurollar topilgan; ularni ishlash texnikasi va shaklini Oqjardan 10 kilometr uzoqlikdagi Qorabura makonidagi qurollarga o’xshashligi har ikkala qarorgoxda yashagan ibtidoiy odamlarning bir to’daga oid ekanligini ko’rsatadi.