Oqindi suvlar

Oqindi suvlar — xonadonlar (xo’jalik va hojatxonalar), jamoat binolari va korxonalardan ajraladigan chiqindi suvlar hamda yog’in suvlari. Aholi yashaydigan joylar va sanoat korxonalaridan kanalizatsiya tizimi orqali oqizib ketiladi. Yog’in suvlarining ko’p qismi tabiiy ravishda yerga singib ketadi. Korxonalarning Oqindi suvlari tozalash inshootlari orqali tozalanib, keyin kanalizatsiyaga oqizilishi lozim.