A
A-O’zbek kirill alifbosining birinchi harfi. Unli, til oldi, lablanmagan tovushni ifoda etadi (mas, archa, barcha). 1929-39 yillarda amalda bo’lgan o’zbek lotin alifbosi va 1996 yilda qabul qilingan keyingi o’zbek lotin alifbosida birinchi harf ham ayni shunday. Jahon yozuvi tarixida turkiy xalqlar, shu jumladan o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan yozuvlarda A harfi o’ziga xos shaklda bo’lgan.