“Abasa” surasi
“Abasa” surasi — (arabcha abasa-qoshini chimirdi, yuzini burishtirdi) Qur’oni karimning 80-surasi. 42 oyatdan iborat. Makkada nozil bo’lgan. Suraning nomi uning birinchi so’zidan olingan. Rivoyat qilinishicha, Muhammad (s.a.v.) Quraysh zodagonlaridan bir guruhini islomga da’vat qilib turganlarida, Abdulloh ibn Ummu Maktum (r.a.) ismli ko’zi ojiz sahoba kelib: “Yo Rasululloh, menga Alloh sizga bildirgan narsalardan ta’lim bering”, deb so’raydi. Muhammad (s.a.v.)ning boshqalar bilan band ekanligini sezmagan sahoba yuqoridagi gapini baland ovoz bilan bir necha bor takrorlaydi. Shunda Muhammad (s.a.v.) achchiqlanib, qovoq solidi va u kishidan yuz o’girib, Quraysh kattalari bilan so’zlashishda davom etadi. “Abasa” surasi ko’zi ojiz bir kishiga ro’yxush bermagan payg’ambarga tanbeh berish boshlanadi va u zotga zimmalaridagi vazifalari yana bir bor uqtirilib, Qur’oni karim oyatlari Alloh tomonidan pand-nasihat oladigan bandalar uchun yuborilgan bir eslatma ekanligini ta’kidlanadi. Bu sura Alloh o’z habibi va so’nggi payg’ambariga bergan tanbehi bilan boshlanganligi Qur’onning Allohning kalomi ekaniga yorqin dalil sifatida ko’rsatiladi.