Abbod ibn Bishr

Abbod ibn Bishr – to’liq ismi Abbod ibn Bishr ibn Vaqsh ibn Zug’ba ibn Za’uro ibn Abdul Ashhal Ansoriy Ashhaliy (taxminan, 587/588-632 (hijriy 10))-sahoba. Avs qabilasining Banu Abdu l-ashhal urug’idan. Madinada Mus’ab ibn Umayrning qo’lida imon keltirgan. Muhammad (s.a.v.)ning yaqin safdoshlaridan bo’lib, Muzayna va Banu Sulaym qabilasining zakotlarini yig’ishga mas’ul bo’lgan. Obro’li ansorlardan sanalgan. Muhammad (s.a.v.) Madinaga hijrat qilganlaridan so’ng, uni muhojirlardan Abu Xuzayfa ibn Utba ibn Robiya bilan birodar qilganlar. U Muhammad (s.a.v.) davrlarida bo’lgan barcha yurishlarda ishtirok etgan. Tabuk yurishida uni o’zlariga qo’riqchi qilib olganlar. Abbod ibn Bishr Yamoma jangida shahid bo’lgan.

Добавить комментарий