Abbodiya
Abbodiya – firqcha. Asoschisi-Abbod ibn Sulaymon. Ular “Alloh mo’min va kofirlarni yaratgan”, degan islom aqidasiga zid fikrni ilgari surgan. Abbodga ko’ra, mo’min-inson hamda imondan, kofir esa inson va kufrdan iborat, ya’ni imon hamda kufr Allohning mahluqlari emas. Islom allomalari “Alloh insonlarning yaratuvchisidir”, degan aqida bilan ularning bu fikrlarini rad etgan. Shuningdek, Abbodiya tarafdorlari “Alloh taolo qahatchilikni ham, ocharchilikni ham yaratmagan”, deydi. Ularning bu iddaosi ham Alloh taolining “Sizlarni biroz xavf, ochlik, molu jon va mevalar (hosil)ni kamaytirish yo’li bilan sinagaymiz. (Ey Muhammad) sabr qilguvchilarga xushxabar bering” (“Baqara”, 155) oyati bilan rad qilingan.