Abbosiy

Abbosiy-kumush pulning bir misqolligi. XVII asrda kumush pullarning og’irligi bir misqolga teng bo’lganini Abbosiy, yarim misqolga teng bo’lganini esa shohiy deb ataganlar. Balx bilan Movarounnahrda, asosan, yarim misqollik kumush tangalar muomalada yurgan. Bir misqollik kumush tanganing Abbosiy deb atalishi safaviylar sulolasi vakili Abbos I nomi bilan bog’liq.