ABDIROV

ABDIROV Charjau Abdirovich (1933.20.12, Qoraqalpog’iston Respublikasi Qorao’zak shaharchasi -1997.3.7, Nukus) – mikrobiolog olim. O’zbekiston FA akademigi. (1989), Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1979). Tibbiyot fanlari doktori( 1973). Toshkent tibbiyot institutini bitirgach (1955), shu institute mikrobiologiya kafedrasining assistenti (1958-61), O’zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog’iston filialida katta ilmiy xodim (1961-69), O’zbekiston Teri-tanosil kasalliklari ilmiy tadqiqot institute Qoraqalpog’iston filiali direktori (1969), Qoraqalpog’iston Sog’liqni saqlash vaziri (1969-76), Nukus davlat universiteti rektori (1976-85), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot institutida bo’lim mudiri va director (1985-97). Asosiy ilmiy ishlar mikrobiologiya va immunologiya masalalariga bag’ishlangan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati va Oliy Majlisning Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo’mitasi raisi (1994-97).