ABDUKARIMOV
ABDUKARIMOV Abdusattor (1942.4.4, Chinoz tumani) — biolog va genetik olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi. (2000), biologiya fanlari doktori (1979), professor. (1990). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi biokimyo institutida katta ilmiy xodim (1972-78), molekulyar biologiya (1978 yildan) xavda gen va hujayralar injeneriyasi biotexnologiyasi (1982 yildan) laboratoriyalari mudiri, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Genetika va o’simliklar eksperimental biologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1992 yildan). Abdukarimov tireoid gormonini bog’lovchi oqsil molekulasi — reseptorni ajratib oldi, uning funktsiyasi va fizik-kimyoviy xossalarini o’rgandi. Qator genlar ajratib olish, vektor molekulalar konstruktsiyasini yaratish, yakka hujayradan sun’iy sharoitda o’simlik etishtirish bilan bog’liq ilmiy ishlar dasturiga rahbarlik qildi.