Abdulaziz Samarqandiy
Abdulaziz Samarqandiy – to’liq ismi Abdulloh ibn Muhammad Abdulaziz Samarqandiy Valiyuddin Hanafiy [?-953 (hijriy 342)]-tariqatchi. “Al-Asmo al-husno” (“Allohning go’zal ismlari”) va kalimai shahodatga sharh yozgan. Musulmon dunyosining ko’p shaharlarini kezgan, umrining ko’p qismini Damashqda o’tkazgan. Zohiriya va Nuriya madrasalarida dars bergan, ko’plab shogirdlar tayyorlagan.
O‘xshash so‘zlar
- ABDULAZIZ
- Abdulaziz
- ABDULAZIZXON
- ABDULAZIZXON MADRASASI
- ABDULAZIZXO’JA MADRASASI
- Abduljabbor ibn Ahmad al-Hamadoniy
- Abdullaxon II
- Abdulloh Ansoriy maqbarasi











