Abduljabbor ibn Ahmad al-Hamadoniy

Abduljabbor ibn Ahmad al-Hamadoniy (?-1025) – mu’taziylarning yirik mutakallimi, shofiiy mazhabi faqihi. Buvayhiylar davrida mu’taziliyaning qayta tiklanishi Abduljabbor faoliyati bilan bog’liq. Kalomda u dastavval ash’ariylar ta’limotiga suyangan, so’ngra mu’taziliylar qarashlarini qabul qilgan. Bag’dodda yashagan, taxminan 971 yilda buvayhiylar vaziri mu’taziliya kalomi homiysi As-Sohib ibn Abbod (938-995) tomonidan fiqhdan saboq berish uchun Rayga taklif etilgan. Rayda Abduljabbor qozi ul-quzot etib tayinlangan. Shuning uchun qozi Abduljabbor nomi bilan mashhur. Abduljabbor-kalom, fiqh va tabiiy fanlarga oid ko’plab asarlar muallifi. Uning hozirgi davrgacha saqlangan (20-asr 50-yillarida topilgan) asarlari, shuningdek, uning bevosita shogirdlari Abu Rashid Naysaburiy (vafoti taxminan 1024) va Ibn Mattuvayx (vafoti 1076) ishtirokida yozgan asarlari mu’taziliya ta’limotiga oid asosiy manba hisoblanadi.

Добавить комментарий