ABDULLAYEV RUSTAMBEK SAMIG’OVICH

ABDULLAYEV RUSTAMBEK SAMIG’OVICH (1947.13.12, Toshkent) — musiqashunos, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2002). San’atshunoslik fanlari doktori (1997), professor (2001). Samig’ Abdumaevning o’g’li. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970), shu yerda pedagog (1969 yildan). San’atshunoslik institutida ilmiy xodim (1975 yildan), bo’lim mudiri (1993 yildan), Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti prorektori (1985-87), «Boysun bahori» ochiq folklor festivali direktori (2002). Ilmiy ishlari katta ashula, o’zbek va O’rta Osiyo xalqlari musiqa folklori, zamonaviy musiqa madaniyati masalalariga bag’ishlangan («Markaziy Osiyo marosim musiqasi», T., 1994, rus tilida; «Boysun musiqa madaniyati», T., 2005 va boshqalar). «O’zbek musiqasi tarixi xrestomatiyasi» (T.Solomonova bilan birgalikda, M., 1981, 1983, rus va o’zbek tillarida) kabi o’quv qo’llanmalar muallifi. Xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi.