ABDULLO NOYI

ABDULLO NOYI (15-a.) — sozanda, bastakor. Savtlari bilan mashhur. Hisor, Balx va Hirot shaharlarida ijod qilgan. Movarounnahr va Xurosonda mashhur bo’lgan. Balxda ukasi Hofiz qonuniy bilan jo’rnavoz bo’lgan: Abdulla Noyi nayda mashq qilganda ukasi qo’shiq aytar va o’ng qo’li bilan qonun chertib, chap qo’li bilan doira chalardi. Shina-Vandalar bu aka-ukalarning mashqlaridan hayratda qolardilar. Balxdagi Hazrat Sulton Hizruya yaqinidagi maqbaraga dafn etilgan. Bu joy ziyoratgohga aylangan.