ABDULQODIR

ABDULQODIR (1808.6.9, Getna, Jazoir — 1883.26.5, Damashq) — Jazoir harbiy va din arbobi, Arab-islom madaniyatining bilimdoni. 1831 yildan frantsuz mustamlakachilariga qarshi kurash rahbari. Mustaqil Jazoir davlati asoschisi (1832-47). Iqtidorli lashkarboshi bo’lgan Abdulqodir mustamlaka ma’murlarini o’zi bilan sulh tuzishga majbur qilgan (1834, 1837). 1847-52 yillarda Frantsiyada tutqunlikda bo’lgan, 1853-55 yillarda Turkiyada, so’ngra Suriyada yashagan, u yerda adabiyot va ilohiyot bilan shug’ullangan. 1860 yil Damashqda diniy qirg’in paytida minglab xristianlarni qutqarib qolgan.