Abdurahmon I

Abdurahmon I — (731/734-788) Qurtuba amiri (756 yildan). Pireney yarim orolidagi Arab amirligi va Qurtuba umaviylar sulolasi asoschisi. Mamlakatda hokimiyatni markazlashtirish siyosatini olib borib, ichki nizolarga qarshi kurashgan, qabilalar isyonlarini beayov bostirgan. Asli umaviylardan bo’lgan Abdurahmon abbosiylar ta’qibidan qochib, Qurtubaga kiradi va bu yerda Umaviylar davlatiga asos solgani uchun u “Doxil” (“Kirib keluvchi”) laqabi bilan mashhurdir.