Abdurahmon III

Abdurahmon III – (891-961) – Qurtuba amiri (912 yildan), xalifasi (929 yildan). Qullardan tashkil topgan gvardiya (xos qo’shin) tuzgan. O’rta dengizga eng kuchli flot barpo etgan. Abdurahmon III hukmronligi-qurtubalik umaviylarning qudrat cho’qqisiga yetgan davri hisoblangan.