Abdurahmon Vali maqbarasi

Abdurahmon Vali maqbarasi – Buxorodagi me’moriy yodgorlik (14-asr). Maqbara (18,5×10,8 metr) uch gumbazli, tarhi to’g’ri burchakli. Ikki sag’ana bor. Ziyoratxonaning to’rt tomoni ravoqli. Shimoliy ravoqda eshik o’rni bor. Bosh tarzidagi peshtoqining ikki burchagida tomga chiqiladigan zina, g’arbiy devorida mehrob joylashgan. Go’rxona ikki murabba (tomonlari teng to’g’ri to’rtburchak) tarhli xona (4,85×4,7 metr)dan iborat bo’lib, biridan ikkinchisiga ravoq orqali o’tilgan. Go’rxonaning birida ikki qator ganch suvoqli katta-kichik sag’analar, ikkinchisida xom g’ishtdan qurilgan yirik sag’ana joylashgan. Bu xonalarning tomi dastlab gumbazli bo’lgan. Ta’mir vaqtida tekis tom va sinchli devorlar ishlangan. 1950-86 yillarda o’rganilgan va ta’mir qilingan.