ABDURAHMONOV G’ulom kim bo’lgan?

ABDURAHMONOV G’ulom (1910.1.5, Turkiston shahri — 1987.15.5, Toshkent) — o’zbek opera xonandasi (lirik-dramatik tenor). O’zbekiston xalq artisti (1949). Faoliyatini Samarqand musiqali drama teatrida boshlagan (1929). Moskva konservatoriyasi huzuridagi O’zbek opera studiyasida (vokal bo’yicha) ta’lim olgan (1934-39). O’zbek opera va balet teatri (1939-54), O’zbek Davlat filarmoniyasi yakkaxoni (1954-81). Abdurahmonov ko’pgina opera, musiqali drama va komediyalardagi asosiy rollarni ijro etgan: Jo’ra («Bo’ron»), Bo’tako’z («Ulug’kanal»), Abbos («Davron ota»), Ravshan («Ko’r o’g’li»), Asqar («Arshin mol olon»), Qodir («Gulsara»), Majnun («Layli va Majnun»), Farhod («Farhod va Shirin»), Tohir («Tohir va Zuhra»), Ne’mat («Halima»), Toshmat («O’zbekiston qilichi») va boshqalar. Repertuaridan ayrim xalq qo’shiklari, o’zbek kompozitorlarining asarlari («Kuylayman», «Jon qizlar» va boshqalar) ham o’rin olgan.

Добавить комментарий