ABDURAHMONOVA Salomat kim bo’lgan?

ABDURAHMONOVA Salomat (1944.11.1, Turkmaniston, Karki shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). ToshDUning geografiya fakultini tugatgan (1962). Mehnat faoliyatini 1962 yildan Surxondaryo viloyati sayyohlik markazida metodistlikdan boshlagan. 1965 yildan Yakkabog’, G’uzor tumanidagi maktablarda bosh tarbiyachi, o’qituvchi. 1982 yildan Chiroqchi tumanidagi 1-maktabda o’qituvchi, 1993 yildan ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari. Abdurahmonova maktabda «Ekologiya va salomatlik», «Tabiat in’omlari» ko’rik tanlovlarini tashkil etgan va uning o’quvchilari viloyat miqyosida faxrli o’rinlarni egallagan.

Добавить комментарий