ABDURAMANOV MAHMUD RAHMATULLAYEVICH

ABDURAMANOV MAHMUD RAHMATULLAYEVICH (1961.1.7, Toshkent) — ganchkor usta, O’zbekiston xalq ustasi (2004). Ganch o’ymakorligini usta Z.Yusupov va U. Tohirovlardan o’rgangan. 1978 yildan «Usto» respublika badiiy ishlab chiqarish uyushmasida usta. Abduramanov respublika va chet mamlakatlardagi yirik me’moriy inshootlar: «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuida gumbaz ichi ganch o’ymakorligi, Oliy majlis, aeroport, Tashqi ishlar vazirligi qabulxonasi, Oqsaroy va boshqa binolarning ganchkori bezaklarini mahorat bilan bajargan.