ABKAYK

Ma’nosi

ABKAYK — Saudiya Arabistoni Sharqiy qismidagi shahar. Aholisi qariyb 10 ming kishi. Temir yo’l stantsiyasi. Yaqin Sharqda neft qazib olinadigan muhim markazlardan. Abkaykdan turli tomonga 6 ta magistral neft quvuri tortilgan, jumladan Arabiston yarim orolini kesib o’tuvchi «Taplayn» neft quvuri Livanning sayda shahrigacha boradi. Neft kimyosi sanoati rivojlanmoqda; oltingugurt ishlab chiqaruvchi zavod bor.

O‘xshash so‘zlar

A harfi: barcha so‘zlar