Abo
Abo (arabcha-jun mato)-erkaklarning uzun ustki kiyimi (kalta yengli, paxtasiz, avrasi jun yoki ip matoli). Qadimgi Sharqda uni ko’pincha qalandar va darvishlar kiygan. Abo Turkistoga islom dinining tarqalishi natijasida kirib kelgan. U to’n ma’nosida VII asrdan ma’lum. Abo nomi XIV asrda yashagan shoir Sayfi Saroyining “Guliston” asari kiyim ma’nosida tilgan olingan. Bu kiyimni XIV-XV asrlarda yuqori tabaqa kishilari kiygan. XX asrning 20-yillarigacha Samarqand va Buxoro amaldorlari qimmatli gazlamalardan kashta tikib, toshlar qadab bezatilgan Abo kiygan.