Abo

Abo – (arabcha-jun mato) erkaklarning uzun ustki kiyimi (kalta yeng, paxtasiz, avrasi jun yoki ip matoli). Qadimgi Sharqda uni, ko’pincha, qalandar va darvishlar kiygan. Abo Turkistonga islom dinining tarqalishi natijasida kirib kelgan. U to’n ma’nosida 7-asrdan ma’lum. Abo nomi turkiy adabiyotda 14-asr shoiri Sayfi Saroyining “Guliston” asarida kiyim ma’nosida tilga olingan. Bu kiyimni 14-15-asrlarda yuqori tabaqa kishilari kiygan. 20-asrning 20-yillarigacha Samarqand va Buxoro amaldorlari qimmatli gazlamalardan kashta tikib, toshlar qadab bezatilgan Abo kiygan. Aboning noyob namunalari muzeylarda saqlanmoqda. 20-asrning 70-80-yillaridan sahna kiyimi sifatida san’atkorlar kiyishi urf bo’ldi.

Добавить комментарий