Abodila

Abodila – (arabcha-abdullohlar) fiqh ilmida to’rt ulug’ sahoba [Abdulloh ibn Abbos (r.a.), Abdulloh ibn Umar (r.a.), Abdulloh ibn Zubayr (r.a.), Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.)]ga nisbatan qo’llaniladigan istiloh. Biror fiqxiy masala Abodilaning so’zi sifatida zikr etilsa, bu masalada mazkur shaxslarning mutaffiq (bir xil fikrda) ekanlari tushunilari. Abdulloh ismli sahobai kiromlarning adadi, Ibn Salohning so’ziga ko’ra, 220 ga, Ibn Fathunga ko’ra 384 ga, Zayniddin Iroqiyga ko’ra esa 300 ga yetadi, ammo “abodila” istilohi faqat mazkur to’rt shaxsga nisbatan qo’llaniladi. Ilmi fiqhni to’la egallagan bo’lishiga qaramay, Abdulloh ibn Mas’ud Abodila qatoriga kirmaydi. Chunki bu istiloh uning vafotidan so’ng paydo bo’lgan.

Добавить комментарий