Abolitsionizm
Abolitsionizm (lotincha)-biror qonunni bekor qilishni ko’zda tutuvchi ijtimoiy harakat. 18-asr oxiri va 19-asr birinchi yarmida AQSh, Fransiya va jahondagi boshqa ko’pgina mamlakatlarda, shu jumladan mustamlakalarda ham qul sotishni ta’qiqlashni, negrlarni qullikdan ozod qilishni talab etgan ommaviy-ijtimoiy harakat. Abolitsionizm harakatida ilg’or intelligentsiya, mayda burjuaziya, fermerlar, ishchilar qatnashgan. AQShda qulchilikni bekor qilish uchun olib borilgan bu kurashda Avraam Linkoln katta rol o’ynagan. Abolitsionizm AQShda grajdanlar urushini g’oyaviy jihatdan tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1861-1865 yillarda AQShning Shimoliy va Janubiy Shtatlari o’rtasida bo’lib o’tgan hamda Shimoliy Shtatlar g’alabasi bilan tugagan grajdanlar urushidan so’ng qulchilik bekor qilinganligiga qaramay, AQSh dagi ko’p sonli negr aholisi hamon huquqsiz va jabr-zulm ostida yashamoqda. Bunday holat ikkinchi jahon urushidan so’ng nihoyatda kuchayib ketdi. AQSh hukmron doiralarining qo’llab-quvvatlashi oqibatida negrlarni irqiy kamsitish siyosati, qonli terrorgacha borib yetuvchi reaktsion harakat davom etmoqda.