ABORIGENLAR

ABORIGENLAR (lotincha aborigine — qadimdan, boshdan) — 1) biror mamlakat, o’lkaning qadimdan o’sha joyda yashab kelayotgan tub aholisi. Qadimgi Rim rivoyatlariga ko’ra, Apennin tog’lari etaklaridagi Lasiyada yashovchi qad. qabila Aborigenlar deb atalgan; 2) o’simlik va hayvonlarning bir joyning o’ziga qadimdan xos bo’lgan mahalliy, jaydari nav va zotlari.