Abraha

Abraha – (xabashcha-Ibrohim), Abraha al-Ashram-Habashiston podshosi; Yamanni o’z tasarrufiga kiritgan. Rivoyatga ko’ra, Abraha Yamanda hukmronlik qilib turgan vaqtda Sano’ shahrida Qullays nomli ulkan nasroniy (xristian)lar cherkovini barpo etib, xalqni Makkaga borib haj qilmasdan, uni ziyorat qilishga da’vat etgan. Lekin Yaman ahli Makka ziyoratini tark qilmagan. Shunda Abraha Ka’bani vayron qilish uchun tarkibida ulkan fil bo’lgan Lashkar bilan hujum boshlagan (Abraha shu bois Sohib ul-fil laqabini olgan). Alloh taoloning qudrati bilan uning qo’shini ustiga to’p-to’p qushlar uchib kelib, tosh parchalarini yog’dirib, filni ham, lashkarlarni ham halok etgan. Bu voqea Muhammad (s.a.v.) tavalludlaridan biroz oldin bo’lib o’tgan. Qur’onning “Fil” nomi bilan atalgan 105-surasida ushbu voqea tilga olingan.

Добавить комментарий