ABRUY
ABRUY (unvoni; qadimgi turkcha ala, xitoycha Abo — katta ma’nosida, asl ismi — To’ramon) (? — taxm. 585, Poykend) — kadivarlar qo’zg’oloni rahbari. Ba’zi tarixchilarning fikricha, turk xoqoni Mug’on (Muqon) bilan Sug’d kanizagidan tug’ilgan Shahzoda To’ramonning unvoni Abo xoqon (forscha Abruy) bo’lgan. Abruy Sharqiy turk xoqonligidagi taxt uchun kurashlarda mag’lub bo’lgach, onasi, xotini, bolachaqasidan ajragancha, ozgina tarafdorlari bilan Zarafshon vohasiga qochib kelib qo’zg’olon ko’targan. Buxoro aholisi Abruyni Poykend shahari hokimi etib tayinlagan. Qo’zg’olon bostirilgach, Abruy qiynab o’ldirilgan.