ABU ABDULLOH ILOQIY

ABU ABDULLOH ILOQIY (asl ismi Sharafuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Iloqiy) (? -1008) — o’rta asrda yashagan mashhur Hakim, Ibn Sinoning shogirdlaridan biri. Iloq vohasi (hozirgi Toshkent viloyatining Ohangaron daryosi atrofidagi yerlar) da tug’ilgan (taxallusi shundan olingan). Dastlabki ma’lumotni Shosh (Toshkent) madrasalaridan birida olib, so’ng o’z bilimini takomillashtirish uchun dastlab Buxoro, keyin Urganchga borib tahsil olgan. Bu yerda u Ibn Sino bilan uchrashgan. Iloqiy tibbiyotdan tashqari falsafa va tarix bilan ham qiziqqan. «Kulliyoti tibbi Iloqiy» («Iloqiyning tabobat haqida risolalar to’plami») asarida tibbiyot tarixiga oid ma’lumotlar berilgan.