ABU ALI SAG’ONIY

ABU ALI SAG’ONIY (Chag’oniy) (? -955) — Sag’oniyon (Chag’oniyon) hukmdori. 939 yildan somoniylarning Xurosondagi noibi. 945 yil noiblikdan bo’shatilgani uchun Amir Nuhga qarshi quzg’olon ko’tarib, yangi noib Ibrohim ibn Simjo’rni Xurosondan quvib chiqargan. Amir 948 yil dekabrda sulh tuzib, uni qayta noiblikka tayinlagan bo’lsada, ko’p o’tmay bu qarorini bekor qilgan. Shunda Abu Ali Sag’oniy buvayhiylar yordamida amirga qarshi qo’zgolon ko’targan, ammo Abdulmalik ibn Nuh davri (954-961 ) da Xurosonni tashlab ketishga majbur bo’lgan.