ABU BAKR

ABU BAKR (11 — 12-asrlar) — Binokor usta. 1077 — 86 yoki 1096 — 1106 yillarda Dandanaqon (hoz. Turkmaniston) dagi masjidni qurgan. Arxeologik qazishlar natijasida topilgan masjid xarobalaridagi bezaklar orasida ustaning ismi va bino qurilgan yillar yozilgan.