ABU BASHAR MATO
ABU BASHAR MATO ibn Yunus nasroniy Nasturiy (? — 940) — olim, tarjimon. Xalifa Roziy zamonida (934 — 940) bir necha vaqt Bag’dodda turgan. Aristotelning «Kitob ul-ibora», «Mabhas ul-buhron» asarlariga sharhlar yozgan, «Poetika» kitobini suryoniychadan arab tiliga, «Maso ul-olam» kitobining ba’zi muqaddimalarini, Yahyo ibn Serafionning «Kunnosh» asarini, Platon, Iskandar Afrodiziy va boshqalae. Olimlarning asarlarini arab tilidan suryoniy tiliga tarjima qilgan.