ABU DABI

ABU DABI, Abu Zabi — BAA ning muvaqqat poytaxti. Abu Dabi amirligining ma’muriy va savdo-transport markazi. Aholisi 363 ming kishi (1989). Fors qo’ltig’i sohilidagi port. Ayeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neft qazib olinadigan rayonning markazi. Neft qayta ishlanadi. Baliq ovlanadi. Fors qo’ltig’i bo’yida Zayd dengiz porti bor. Port orqali asosan neft, neft mahsulotlari va siqilgan gaz eksport qilinadi.