ABU HAFSI KABIR

ABU HAFSI KABIR (9-asr) — fiqhshunos olim. Imom Buxoriy bilan zamondosh. Abu Hafsi Kabir fiqx. bo’yicha mashhur bo’lgan. O’g’li Abu Abdulloh ham Islom olamida taniqli. Uni otasi bilan yanglishtirmaslik maqsadida ulamolar otasini Abu Hafsi Kabir, o’g’lini Abu Hafsi sag’ir deb ataganlar. Abu Hafsi Kabir «Al-Ahvo’val-ixtilof» («Havoyi gaplar va kelishmovchiliklar»), «Ar-raddu alal lafziyya» («Yuzaki qarovchilarga raddiya») kitoblarining muallifidir.