Abu Hayyon Tavhidiy
Abu Hayyon Tavhidiy – to’liq ismi Abu Hayyon Ahmad ibn Abbos Sufiy Tavhidiy [922 (hijriy 310)-1023 (hijriy 414)] adib, islomshunos, faylasuv. Arabiy fanlar bilan bir qatorda yunon fanlarining ham bilimdoni. Uni “faylasuflar adibi va adiblar faylasufi” deb atashgan. Asosiy g’oyasi-aql va vahiy orasidagi umumiylikni topish. G’oya uni “Al-Imta’ val-muonasa” (“Orom va suhbat kitobi”) asarida ilgari surilgan. Asar janri “1001 kecha” asari janriga yaqin. Abu Hayyon Tavhidiyning fikriga ko’ra, aql ham vahiyning egasi bo’lmish Allohniki. Vahiy qay darajada mukammal bo’lsa, aql ham shu darajada mukammaldir. Fiqh, falsafa, mantiq, arab tili grammatikasi va adabiyotiga doir “Muqoyasa” (“Qiyoslash”), “Ishorot ul-ilohiyya” (“Ilohiy ishoralar”), “Basoir vaz-zahoir” (“Ong va xazina”), “Masolib ul-vazirayn” (“Vazirlar nomini qoralash”) kabi asarlar muallifi.