Abu Lahab
Abu Lahab – [arabcha-alangali; asl ismi Abdu l-Uzzo ibn Abdulmutallib (6-asr o’rtalari-624)] Muhammad (s.a.v.)ning amakisi va yovuz dushmani. Ataba va Utayba ismli ikki o’g’li Muhammad (s.a.v.)ning qizlariga uylangan. Muhammad (s.a.v.)ning amakilari Abu Tolibning o’limidan so’ng (619 yil) Banu Hoshim qabilasining boshlig’ bo’lgan. Dastlab Abu Tolib kabi Muhammad (s.a.v.)ga homiylik qilgan. Ammo Muhammad (s.a.v.)ga homiylik qilgan. Ammo Muhammad (s.a.v.) Makka ahli sig’ingan uch ma’budni tan olishdan butunlay voz kechganlaridan so’ng, Abu Lahab qaynog’asi Abu Sufyon ta’sirida Muhammad (s.a.v.)ni himoya qilishdan bosh tortgan. Muhammad (s.a.v.)ni masxaralab, xotini bilan birgalikda u zotga qarshi har xil makrlar ishlatgan. Muhammad (s.a.v.)ning dushmanlari ichida Qur’oni karimning “Masad” surasida la’natlangan yagona shaxsdir. Abu Lahabning asl nomi Abdu l-Uzzo (Butning quli) bo’lgan. Alloh taolo o’z qulini But quli deb atamadi, balki uni Abu Lahab (Alangali) deb laqabladi. Bu yerdagi alanga ikki narsaga dalolat qiladi. Biri uning yuzi doimo qizarib turganidan bo’lsa, ikkinchidan, oxiratda do’zax alangasida yonishi muqarrar ekaniga dalolatdir. Abu Lahab bilan uning xotini Muhammad (s.a.v.)ga eng ko’p aziyat yetkazgan kofirlardan. Bu betafiq xotin tikanli o’tinlarni terib kelib, Muhammad (s.a.v.) yuradigan yo’llariga tashlar ekan Surada uning bo’ynida o’tin bog’lab yurgan arqoni bog’liq holda eri bilan birga jahannamga tushajagi to’g’r’sida xabar berilgan.