Abu Lays Samarqandiy

Abu Lays Samarqandiy – to’liq ismi Abu Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim as-Samarqandiy (?-1003) faqih, mufassir. Al-Faqih va Imom ul-Hudo nomlari bilan tanilgan. Samarqand shayx ul-islomi. Hikmatli so’zlari bilan islom olamida shuhrat qozongan. “Xizonat ul-fiqh” (“Fiqh xazinasi”), “Bo’ston ul-orifin” (“Oriflar bo’stoni”), “Tanbih ul-g’ofilin” (“G’ofillarga tanbeh”) va boshqa asarlar yozgan. Qur’on tafsiriga bag’ishlangan mashhur “Bahr ul-ulum” (“Ilmlar dengizi”) asarining ikkita qo’lyozma nusxasi saqlanib qolgan. Ularning biri Misr Arab Respublikasi kutubxonasida, ikkinchisi Buyuk Britaniyaning Edinburg shahri kutubxonasida saqlanadi.