ABU MUSLIM

ABU MUSLIM (laqabi; boshqa laqablari Abo Muslim, Abu Muslim Xurosoniy, Abu Muslim Marvaziy; asl ismi Abdurrahmon ibn Muslim) (taxminan 727 — 755) — Xuroson va Movarounnahrda umaviylar sulolasiga qarshi harakat rahbari. 747 yil umaviylarga qarshi tayyorlanayotgan harakatga rahbarlik qilish uchun Marv vohasiga jo’natilgan. U g’alaba qozonib, xalifalik abbosiylar qo’liga o’tgach (750), Xuroson vodiysi. Abu Muslim Xuroson va Movarounnahrni obod etish borasida birmuncha ishlar qiladi. Jumladan, Samarqand rabodi quriladi, Buxoroning janubi sharqiy qismini sug’oruvchi Abu Muslim kanali qaziladi. Abu Muslim xalq orasidagi ta’siri, obro’-e’tibori oshib ketganligi, Xurosonni mustaqil idora etishga urinayotgani boisidan xalifa Mansur buyrug’i bilan o’ldirildi.