Abu Muso Ash’ariy

Abu Muso Ash’ariy – to’liq ismi Abdulloh ibn Qays al-Asha’riy (taxminan 601-taxminan 665, Quddus) asxobi kiromning faqihlaridan zohid va fozil zot. Hijratdan avval qabila ahli va o’z birodarlari bilan Makkaga kelib musulmon bo’lgan. Ilmu fazli, zuhdu taqvosi bilan Hazrat Muhammad (s.a.v.)ning tavajjuhlarini qozongan. Muhammad (s.a.v.) tomonidan Zobit va Adan tomonlarga voliy qilib tayinlangan. Umar (r.a.) Abu Muso Ash’ariyni Basraga voliy qilib tayinlangan. Askariy qo’mondon sifatida Ahvoz va Isfahon taraflarini fath etgan. Usmon (r.a.) zamonida Kufada voliy bo’lgan. Siffinda ham hokimlik qilgan. Qur’oni karimni yoqimli ovoz bilan tilovat etib, tinglovchilarni hayajon va tug’yonga solishi bilan ham Muhammad (s.a.v.)ning madhu sanosiga sazovor bo’lgan. 360 hadis naql etgan.