Abu Sayid Abulxayr (Mexnaiy)

Abu Sayid Abulxayr (Mexnaiy), Fazlullox ibn Abulxayr Axmad (967 — Xuroson — 1049) — tasavvufdagi Sharqiy (Xuroson) maktabning asoschilaridan biri. Otasi sufiylar bilan aloqador bo’lib, o’g’lini ham shu davraga boshlab kelgan. Sufiylar yig’inlaridan birida uni shoir Qosim Bishr ibn Yosin (vafoti 990) bilan tanishtirgan. Shoir uning sufiylikdagi birinchi ustozi bo’lgan. Keyinchalik Abu Sayid Abulxayr va’z-nasixatlarida doimo ustozining she’rlaridan foydalangan. O’smirlik chog’ida Marvga borib, besh yil mobaynida Abu Abdullox Muxammad Xusriy (vafoti 983-1000 yillar oralig’ida), sg’ngra shuncha yil Abu Bakr Abdullox Daffol (vafoti 1026)dan shofiiylik fiqxi bo’yicha ilm olgan; Saraxsda shofiiylik fakixi Abu Ali Zoxir ibn Axmad (vafoti 999) rahbarligida tafsir, xadis va kalomni o’rgangan. O’sha yerda (taxminan 997 yil) devonai Luqmon Saraxsiy Abu Sayid Abulxayrni Abul Muhammad Saraxsiyning xonaqoxiga boshlab kelib, uni iloxiyot fanlarini tashlashga ko’ndirgan. O’zi o’nta pir bulib, mayxona shaxriga qaytishni va faqat «Allox» deb zikr bajo etishni topshirgan. Abu Sayid Abulxayr Mayxonada 15 yil umr kechirgan, shuning deyarli yetti yilini to’liq uzlat (yolg’izlik)da o’tkazib, odamlar nigohidan chetda, yarim och holda yashagan. Bu davrda u chillai ma’kus (boshini pastga dilib osilgan xolda 40 kunlik ro’za davrida zikrni bajo etish)ni mashq qilgan, buni 40 yoshga to’lgunicha (xatto undan ham oshiq — 1016 yilgacha) bajo etgan. O’zining birinchi sufiylik xirqasini Nishopurda mashxur sufiy Abu Abduraxmon Sulamiydan, ikkinchisini — Omulda sufiy Abulabbos Axmad qassobdan olgan. Hayotining ikkinchi yarmini taniqli murshid sifatida o’tkazgan. U mayxonadagi o’z uyida, shuningdek, shahar chetidagi yolg’iz xujrasida, ba’zan Nishopurga borganda Adanikuban mahallasida o’zining ko’plab muridlariga va’z, pand-nasixatlar qilgan. Abu Sayid Abulxayr tomonidan zikri samo’ga musiqa, raqs va qo’shiqlarning kiritilishi unga nisbatan keskin tanqid qiluvchilarning ko’payishiga sabab bo’lgan va u shariat yulidan chekinishda va xatto diniy peshvolar tomonidan kofirlikda ayblangan. Abu Sayid Abulxayr xonaqohlarda yashovchi muridlari uchun axloq-odobning 10 moddasini ishlab chiqqan birinchi sufiy shayxdir. Bunga qo’shimcha tarzda u murshid va muridlar uchun zarur 10 xususiyat va sifatlarni ko’rsatib bergan. Abu Sayid Abulxayr tasavvufning mahalliy maktabiga asos solgan. Uning avlodlari keyinchalik bu qarashlarni o’zlari yashagan viloyat hududidan chetga tarqata olmagan. Bu mahalliy maktab 1154 yilgacha mavjud bulgan. Shu yili qo’zg’olon ko’targan urug’lari butun Xurosonni talon-toroj qilgan. Qo’zg’olonchilar mayxonani egallagan paytda Abu Sayid Abulxayr avlodlaridan bo’lgan 115 kishi qatl etilgan. Abu Sayid Abulxayrning qarashlari ziddiyatli bo’lib, «Xudoning ishqi bilan mast» so’fiylar g’oyasiga yaqindir. Unga xos xususiyat «bechoralarga xizmat qilish» bo’lib, malomatiya ta’limotiga ko’ra, qalandarlik bilan xayru exson to’plab, shogird va muridlarining, yon-atrofidagi aholining manfaat va extiyojlarini qondirishni o’ylagan. U yaratgan maktab amaliyoti Movarounnahrga ham tarqalgan.