Abu Zayl
Abu Zayl – to’liq ismi Ubaydullo ibn Umar ibn Iso ad-Dabusiy (?-1039) buxorolik, hanafiy fiqh olimi. Fiqhda keng tarqalgan “Ilm ul-xilof” (“Ixtiloflar haqidagi ilm”) uning nomi bilan bog’liq. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo’lyozmalari markazi fonida Abu Zaylning 1094 yilda ko’chirilgan “Taqvim ul-adilla fil-usul” (“Qonunshunoslik asoslari bo’yicha dalillar bayoni”) va 1278 yilda ko’chirilgan axloqqa doir “Al-Amad ul-aqso” (“Oxirgi chegara”) asarlari nusxasi saqlanadi. Uning “Ta’sis un-nazor” kitobi keyinchalik shakllangan al-kovaid al-fiqhiya fani uchun qo’yilgan tamal toshi sifatida e’tirof etilgan. Bu kitobda u Abu Hanifa fiqhining qoidalarini aytib o’tgan.